«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonun (O‘RQ-696, 14.06.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga «identifikatsiyalovchi ID-kartasi» tushunchasi kiritildi.
O‘zgartirishga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida tug‘ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi