23:05 / 15.06.2021
2 181

Tadbirkor foydasiga salkam 2,5 mlrd. so‘m undirib berildi


Majburiy ijro byurosi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida Farg‘ona shahrida joylashgan jamiyat foydasiga yirik miqdordagi qarzdorlik undirib berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 21 aprel kunidagi ijro varaqasiga asosan da’vogor 
“ASL GRAND OIL” MCHJ foydasiga javobgar  jamiyatdan 2 mlrd. 415 mln. 229 ming so‘m undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlikni to‘liq bartaraf etish yuzasidan 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, bu muddat ichida qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmagani uchun majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Jamiyatga tegishli mol-mulklar xatlanishi jarayonida qarzdorlikni to‘lash uchun mablag‘ yetmasligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, qarzdor jamiyatning qator korxona, tashkilotlardagi mavjud 2,8 mlrd. so‘m haqiga qaratildi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida jamiyat foydasiga belgilangan qarzdorlik aynan jamiyatning haqlarini undirib berilishi hisobidan amalga oshirildi. Ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga salkam 2,5 mlrd. so‘m undirib berildi