20:21 / 15.06.2021
1 880

MIB “Avto 60 oy” MCHJdan jabr ko‘rganlarga mablag‘larini qaytarish ishlarini olib bormoqda


“Avto 60 oy” MCHJ mansabdor shaxslari J.Baxodirov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.

Hozirda ishchi guruhlarga 2.144 nafar fuqaro murojaat qilib, o‘zlariga tegishli hisob raqamlar xaqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishgan.

Shuningdek, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz.

Shu sababli, jamiyatdan jabr ko‘rgan fuqarolarimiznnig aksariyati viloyatlarda yashashligini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga (dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) murojaat qilishlari so‘raladi.

Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga
murojaat etish boʼyicha
M А` L U M O T
 
T/RHududlarManzilTelefon raqam
1АndijonАndijon sh., 2-daha.74-226-30-66
2BuxoroBuxoro shahri, H.T.Buxoriy koʼchasi 3-uy.65-221-55-33
3JizzaxJizzax shahri, Yangiboʼston koʼchasi 4-uy.72-227-07-95
4QashqadaryoQarshi shahri, I.Karimov koʼchasi, 51А-uy.75-221-28-42
5Qoraqalpogʼiston RespublikasiNukus shahri, Islom Karimov koʼchasi 118-uy61-222-84-88
6NavoiyNavoiy shahri, Gʼalaba shoh koʼchasi, 176 B-uy.79-223-41-77
7NamanganNamangan shaxri, S.Sheroziy 3-tor koʼchasi 5А-uy.69-228-82-76
8SamarqandSamarqand shahri,Spitamen shoh koʼchasi, 270А-uy.66-221-78-24
9SirdaryoGuliston shahri, I.Karimov koʼchasi, 35-uy67-235-00-17
10SurxondaryoTermiz shahri, Istiqlol koʼchasi 80-uy.76-227-32-13
11Toshkent shahar va Toshkent viloyati uchunToshkent shahri, Yashnobod tumani, Аviasozlar 4-mavze, 68-uy.71-207-20-19
12FargʼonaFargʼona shahri, Maʼrifat koʼchasi 22-uy.73-244-09-06
13XorazmUrganch shahri, 
Аl-Xorazmiy koʼchasi, 53-uy.
62-224-65-72

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB “Avto 60 oy” MCHJdan jabr ko‘rganlarga mablag‘larini qaytarish ishlarini olib bormoqda