20:37 / 15.06.2021
878

Adliya vazirligining aralashuvi bilan madaniyat xodimlarining rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lab berish bilan bog‘liq masala hal etildi

Adliya vazirligining aralashuvi bilan madaniyat xodimlarining rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lab berish bilan bog‘liq masala hal etildi

Adliya vazirligi tomonidan madaniyat bo‘limlari xodimlari M. M. va A. Z.ning moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lanmayotganligi to‘g‘risidagi murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Madaniyat va Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorining 11-12-bandlari ijrosi ta’minlanmagan.

Xususan, Qarorning 11-bandiga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ushbu xarajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishning bir qator turlari joriy etish belgilangan.

Shuningdek, Qarorning 12-bandida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ko‘zda tutishi belgilangan.

Biroq, Madaniyat va Moliya vazirligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi oqibatida joriy yilning 20 aprel kuniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlariga moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lanmagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorining 11-12-banlari ijrosini ta’minlash haqida Madaniyat va Moliya vazirligiga 2021 yil 23 aprelda taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma Madaniyat va Moliya vazirliklari tomonidan ko‘rib chiqilib, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga 45,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi tayyorlanib, Hukumatga kiritildi.

Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021 yil 27 maydagi 227-F-son farmoyishiga asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga Moliya vazirligi tomonidan 45,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligining aralashuvi bilan madaniyat xodimlarining rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lab berish bilan bog‘liq masala hal etildi