17:17 / 16.06.2021
2 039

Ma’suliyatsiz otaning sud jarayonidagi xulosasi


️Fuqarolik ishlari Jizzax tumanlararo sudining 2012 yil 10 sentabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.G‘.dan undiruvchi M.G‘.ning foydasiga farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud buyrug‘iga asosan ijro hujjati Byuroning Baxmal tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Qarzdor Sh.G‘.ning aliment qarzdorligi qayta hisob-qitob qilinganda 40 mln. 064 ming so‘mni tashkil qilgan.

Ushbu qarzdorlikni to‘lashlik uchun qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, ma’suliyatsiz ota har xil vajlar bilan qarzdorlikni ikki oydan ortiq muddat ichida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, Byuroning Baxmal tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKtning 47(4)-moddasi tartibida qarzdorga nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudiga topshirildi.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi va huquqbuzar qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgandan so‘ng jazodan qo‘rqqan ota undirilmay qolgan 40 mln. 064 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’suliyatsiz otaning sud jarayonidagi xulosasi