18:30 / 17.06.2021
2 514

«Endi har bir xonadonga biznes-reja yozib beriladi» — Prezident


Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari Izboskan tumanidagi Urganji mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mahallada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yil 915 o‘rinli umumta’lim maktabi ta’mirdan chiqarildi. Barcha ko‘chalar obod bo‘lyapti. O‘nlab kichik biznes sub’yektlari aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Odamlarning o‘zi ham hunarmand, mirishkor. Jumladan, dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga 10 sotixdan yer ajratilyapti. Mahalladagi 150 ta xonadonga 50 boshdan parranda berilib, o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlangan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev shu yerlik Qurbonali O‘rinboyev xonadonida bo‘lib, yashash sharoitlari, parrandachiligini ko‘zdan kechirdi. Mahalla vakillari bilan dildan suhbat bo‘ldi.
— Endi har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, biznes-reja yozib beriladi. Davlat tashkilotlari sharoit yaratadi. Hozirgi zamonga munosib bo‘lib, mehnat qilmasak, niyatimizga yetolmaymiz. Xudoning o‘zi mehnatga, harakatga yarasha ajrini beradi, — dedi Prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nuroniylar yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab, duo qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Endi har bir xonadonga biznes-reja yozib beriladi» — Prezident