Foto: «Zdraveda.ru»
Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Yelena Malisheva xantalning erkaklar sog‘lig‘i uchun foydali xususiyatlari haqida gapirdi. U salomatlikka bag‘ishlangan efir paytida ziravorlarning g‘ayrioddiy xususiyatlarini ma’lum qildi.
Malishevaning so‘zlariga ko‘ra, testosteron darajasi yuqori bo‘lgan erkaklar xantalni yaxshi ko‘rishadi. Bundan tashqari, o‘simlik tarkibida izotiotsianatlar deb nomlanuvchi foydali moddalar bisyor — bu organik birikmalar o‘simta hujayralarining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
«Tarkibida ushbu moddalar bo‘lgan xantal azot oksidini qon tomirlarimizning ichki qatlamiga chiqarishga yordam beradi. Bu esa ularning kengayishiga, vazodilitatsiyaga olib keladi», — deb qo‘shib qo‘ydi rossiyalik nevrolog Dmitriy Shubin.
Shishirilgan qo‘g‘irchoq odam misolida shifokorlar qon tomirlar holati erkak jinsiy quvvatiga qanday ta’sir qilishini namoyish etishdi. Taqdimotchilar qon tomirlar kengayganda qo‘g‘irchoq shishib, yerga perpendikulyar turishini, ammo qon tomirlar torayganda, u bo‘shashib, yerga qulashini ko‘rsatib berishdi.
«Tomirlarni toraytirish samarasi — umuman olganda, juda muhim, chunki u qon bosimini pasaytiradi va erkaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni ular nafaqat jinsiy jihatdan baquvvat bo‘ladi, balki umri ham uzayadi», — dedi Malisheva.
Shifokorlar shisha idishdagi xantalni sotib olishni maslahat berishdi. Uni yorug‘likdan uzoqroq joyda (masalan, muzlatgichda) saqlash kerak va qopqog‘ini mahkam yopib qo‘yish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?