15:28 / 20.06.2021
1 404

Andijonda haydovchi YPX xodimini «Spark» ustida «sayr qildirdi»

Andijonda haydovchi YPX xodimini «Spark» ustida «sayr qildirdi»

Andijonda «Spark haydovchisi YPX xodimini sayr qildirdi» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, 19 iyun kuni Andijon shahrida «Spark» haydovchisi YPX xodimi B.Komiljonovning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatda davom etgan.

YPX xodimi aloqa vositasi yordamida o‘zidan keyingi xodimga avtomobil ma’lumotlarini yetkazgan. YPX xodimi I.Bobobekov «Spark» avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatishiga qaramasdan haydovchi xodimning ustiga avtomobilni boshqargan.

Avtomobil kapotiga osilib qolgan I.Bobobekov taxminan 50-60 metr masofadan so‘ng tushib qolgan. Haydovchi harakatini davom ettirib hodisa joyidan ketib qolgan. YPX xodimi holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB YHXB boshlig‘iga ma’lum qilgan.

Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda haydovchi YPX xodimini «Spark» ustida «sayr qildirdi»