13:45 / 22.06.2021
2 167

Noma’lum hayvonga tegishli go‘sht yo‘q qilindi


Avtomobil yukxonasida aniqlangan iste’molga yaroqsiz, noma’lum hayvonga tegishli go‘sht mahsulotlari yo‘q qilindi.
2021 yil 22 iyun kuni soat 01:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan «Umakay» YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi tomonidan «Qarshi-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan «Kia Carniva» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yukxonasida to‘q qizil rangli, no’malum hayvonga tegishli bo‘lgan, jami og‘irligi 460 kilogrammga teng bo‘lgan go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Aniqlangan mahsulotlar Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limining laboratoriyasida tekshirilganda iste’molga yaroqsizligi aniqlanib belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noma’lum hayvonga tegishli go‘sht yo‘q qilindi