15:00 / 22.06.2021
1 271

Bosh prokuror tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazdi

Bosh prokuror tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokuraturada Prezidentning yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan Farmoni va bu borada prokuratura organlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman-shahar prokurorlari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Tadbirni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ochib, davlat rahbari tomonidan Farmon ijrosi bo‘yicha Respublika kengashiga rahbarlik hamda kengashlarning ishchi organi vazifasini bajarish prokuraturaga topshirilgani ulkan mas’uliyat va javobgarlikni anglatishini ta’kidlab, bu borada belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosi ustidan prokurorlar kunlik nazorat va tahlil olib borishlari zarurligini qayd etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ushbu masala shaxsan Bosh prokurorning nazoratida ekanligini ta’kidlanib, prokurorlarga yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilashi, ijrosini qat’iy nazoratga olishi va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi hamda jazo muqarrarligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalar uqtirib o‘tildi.

Shuningdek, Departamentga Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tarzda yer ajratish, hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqa sxemalar asosida yerni talon-toroj qilish holatlarini fosh etishga qaratilgan tezkor faoliyatni jonlantirish vazifasi yuklatildi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha aniq muddatli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga manzilli topshiriqlar berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazdi