17:00 / 22.06.2021
942

Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi

Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi

Joriy yilning 22 iyun kuni Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan yo‘lda «Vaz-2106», «Neksiya-3» rusumli yengil avtomobillar va «Isuzu» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, yuk transport vositasi ag‘darilgan.

To‘qnashuv natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi