15:00 / 23.06.2021
2 191

«Lacetti»ni olib qochgan yigit militsiyaga o‘zi xabar berdi


21 iyun kuni Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga «Lacetti» mashinasi noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgani haqida xabar kelib tushgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari mazkur avtomobilni Yunusobod tumanida to‘xtab turganini ko‘rib qolishdi. Qoldirib ketilgan avtomobil ko‘zdan kechirilayotganida, 102 raqamiga Farg‘ona viloyatilik 2000 yilda tug‘ilgan Shavkatjon K. qo‘ng‘iroq qilib, yuqoridagi avtomobilni u olib qochganini va bundan pushaymon ekanligini ma’lum qildi. Shavkatjon K. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, Shavkatjon K. Yunusobod tumani IIO FMBga yetkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Lacetti»ni olib qochgan yigit militsiyaga o‘zi xabar berdi