O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Fransiyaning Suez International kompaniyasi Toshkent shahri uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
2020 yilning mart oyida Suez International kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, SST (avvalgi «Suvsoz») va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi «Toshkentda suv ta’minoti transformatsiyasi rejasi» loyihasini amalga oshirish doirasida birgalikda boshqaruv to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan.
Birgalikda boshqaruv to‘g‘risidagi kelishuv qator innovatsiyalarni joriy etish, nou-xaularni kiritish, nazorat ko‘rsatkich va tizimlari, tahlil instrumentlari, raqamli transformatsiya, texnik yordam va xodimlarni o‘qitish orqali suv ta’minoti va suv chiqarilishi operatorining imkoniyatlarini kengaytirish va faoliyat samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.
«Imzolangan memorandum Toshkentda suv hisoblashning intellektual tizimini joriy etish bo‘yicha taraflar o‘rtasidagi hamkorlikning boshqaruv tamoyillarini mustahkamlaydi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha Fransiya kompaniyasi bilan birga 185,4 million yevrolik loyiha amalga oshirilishi 2020 yilning iyunida ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi