22:16 / 24.06.2021
15 670

Afg‘onistondan 53 nafar harbiy O‘zbekistonga qochib o‘tdi — TIV


So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat jiddiylashgani bo‘yicha OAVda turli xabarlar tarqalmoqda. 
O‘zbekiston TIV mazkur masala yuzasidan o‘z bayonotini e’lon qildi.

«O‘zbekiston Afg‘onistondagi, jumladan, chegaradosh shimoliy viloyatlardagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qo‘shni mamlakatda zo‘ravonlikning ortishi chuqur xavotir uyg‘otmoqda. Koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini sharoitida keskinlikning kuchayishi afg‘on xalqi hayotini yanada murakkablashtirmoqda.

Ixtilofga aloqador barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholi orasida qurbonlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz» — deyiladi xabarda.

Shuningdek, bayonotda ta’kidlanishicha, «23 iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tdi.

Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng ushbu afg‘on fuqarolari vataniga qaytarilgan.
O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, davlat chegarasini buzganlarga esa eng keskin choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini asrash, betaraflikni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afg‘onistondan 53 nafar harbiy O‘zbekistonga qochib o‘tdi — TIV