22:45 / 24.06.2021
1 338

Kakao ko‘z uchun foydali bo‘lib chiqdi

Kakao ko‘z uchun foydali bo‘lib chiqdi

Foto: «Shutterstock/FOTODOM / Hans Geel»
Kakao kukuni ko‘rish qobiliyatini oshirishi mumkin, deya Madridning Komplutense universiteti (UCM) va IKTANA (CSIC oziqlanish va ovqatlanish fan va texnologiyalari instituti) olimlari aniqladilar. Functional Foods xabariga ko‘ra, bu uning tarkibidagi maxsus moddalar bilan bog‘liq.

Ilmiy ish mualliflari ikki birikmaning organizmga ta’sirini tahlil qilishdi: flavanollar (ular kakaoda mavjud) va antosiyaninlar (ular qizil mevalarda mavjud).

Ko‘ngillilardan sutli kakao, reza mevali yoki umuman qo‘shimchalarsiz bir stakan ichimlik ichish so‘raldi. Ularning ko‘rish qobiliyatini tekshirish uchun to‘g‘risida to‘rt metr masofada yorug‘likda ham, g‘ira-shirada ham ishlaydigan diagrammalar o‘rnatildi.

«Samarasi haqiqiydir va biz olgan natijalar muayyan populyatsiyalarda ko‘rish qobiliyati va diqqat-e’tiborni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin», — deb ta’kidladilar mualliflar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, flavanollar nerv tizimini rag‘batlantiradi, diqqat va vizual xotirani oshirib, hatto ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Kakao ko‘z uchun foydali bo‘lib chiqdi