09:13 / 25.06.2021
3 291

O‘zbekistonda mebellar narxi 50 foizgacha arzonlashishi mumkin


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

«Xalq so‘zi» muxbiri Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarovdan qaror bilan qanday o‘zgarishlar kutilayotgani haqida so‘radi. Xususan rais «Mebellar narxi necha foizgacha tushadi», degan savolga quyidagicha javob berdi.

«Qaror bilan mebellarni 50 foizgacha narxini arzonlashtirishimiz mumkin bo‘ladi. Sababi eksport va import qilishdagi xomashyolarni 0 qiymatida olib kelishni boshlaymiz. Xomashyo uchun sarflanadigan xarajatni ham 50 foizgacha davlatdan subsidiya tariqasida olish mumkin.

Ikkinchisi eksportdagi xarajatlar ham, ya’ni logistika xarajatlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi. Shu jihatdan biz 50 foizgacha rejalashtiryapmiz va buni klaster qilish asnosida narx-navolarni tushirib boramiz. Ya’ni qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, uning tannarxi shuncha tushib boradi», deydi Umarov.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun yo‘lkira eng asosiy xarajatlardan biri hisoblanadi. Bu uchun berilayotgan yengillik natijasida mebelsozlik sohasida katta yutuqlarda erishish mumkin.

Shahnoza TO‘RAMURODOVA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda mebellar narxi 50 foizgacha arzonlashishi mumkin