22:46 / 24.06.2021
2 177

15 sutkalik qamoq jazosi alimentchi otani sergak tortdi


Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 01.08.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor G.Urazayevdan, undiruvchi M.Yesberdiyeva foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro ishi mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlariga qaramay qarzdor G.Urazayevning aliment bo‘yicha bo‘lgan qarzdorligi 01.01.2018 yildan 01.05.2021 yil kuniga qadar 8.171.460 so‘m tashkil etgan. Ushbu qazdorlik yuzasidan qazdorga bir necha barotaba ogohlantirish berilgan. Ammo qarzdor tomonidan hech qanday harakat bolmaganligi sababli, qarzdorga nisbatan O‘z.Res MjTKning 47-4 moddasi qo‘llanilib  sudga taqdim qilingan.

Sud jarayonida qarzdorga nisbatan 15 kunlik kunlik qamoq jazosi belgilash to‘g‘risida 01.06.2021 yil kuni  qaror qabul qilingan. Bunday majburiy chora qarzdorni sergak tortishga majbur qildi. Va sud zalidadayoq  qarzdor G.Urazayev 1.500.000 so‘m aliment pullarini to‘lab berishini bildirdi.Mazkur summa undiruvchiga tilxat asosida topshirildi. 15 sutkalik qamoq chorasi qarzdorga to‘g‘ri xulosa chiqarishga sabab bo‘ldi chog‘i,alimentchi ota oz o‘tmay qarzdorlikning qolgan 3.000.000 so‘mini xam qopladi.

Natijada  bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdordan undiruvchiga 1 nafar farzandi uchun, yig‘ilib qolgan  4.500.000 qarzdorlik tilxat asosida undirilib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 15 sutkalik qamoq jazosi alimentchi otani sergak tortdi