14:55 / 25.06.2021
13 226

Koronavirus tarqalishi yana tezlashdi: besh yuzga yaqin kishi kasallandi


2021 yil 24 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108184 (+476) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 18 nafari Buxoro viloyatida,
  • 29 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 89 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 40 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 21 nafari Xorazm viloyatida,
  • 49 nafari Toshkent viloyatida,
  • 135 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 725 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3452 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus tarqalishi yana tezlashdi: besh yuzga yaqin kishi kasallandi