16:43 / 25.06.2021
1 952

Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi


Toshkent viloyati Nurafshon shahrida qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro N.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga qalbaki 1 100 AQSH dollarini 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi