23:07 / 25.06.2021
4 814

Prezident yangi qaror qabul qildi


«Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5161-son, 25.06.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
  • ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);
  • ta’lim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) ta’lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.
Darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan yozgi ta’til vaqtida quyidagi davlat mulki ob’ektlari nodavlat ta’lim tashkilotlariga ijaraga beriladi:
  • maktabdan tashqari ta’lim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va OTM bo‘sh maydonlari;
  • aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalaridagi kompyuter sinflari.
Shuningdek, aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan jalb qilingan o‘qituvchilar ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga BHMning 6 barobarigacha miqdorida 2024 yil 1 yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.

Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

2021 yil 1 oktabrdan soliq to‘lovchi tomonidan tegishli xalqaro uyushmaga a’zo bo‘lish uchun a’zolik badallariga hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladigan o‘zining ish haqi va boshqa daromadlari summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yangi qaror qabul qildi