08:37 / 26.06.2021
1 825

“Aqlli” soatlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda oldindan olingan tezkor ma’lumot bo‘yicha Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.Yu. tomonidan chet davlatda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan umumiy qiymati 37 million so‘mlik 145 dona “smart” soatlari va boshqa tovar moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Aqlli” soatlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi