3 884
Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»
25 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq daryosi bo‘yida tiklangan maxsus ayvonda Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari bilan uchrashdi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, davlat rahbari Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan mahallalar obodonchiligi bo‘yicha sustkashlik sababi va buning yechimlari to‘g‘risida hisobot so‘radi:
“To‘g‘risini aytsam, biz sizning talablaringiz ortidan ulgurmay qolyapmiz. Hozir siz bizga har qancha zarur mablag‘ni ajratib beryapsiz.
Lekin muhtaram prezident, ishonchingizni albatta oqlaymiz. Shu yilning 1 oktabrgacha 531 ta mahalladagi barcha masalalarni hal qilamiz. Uylarning tomini ham, suv ta’minotini ham qilamiz. Loyihalarimiz ko‘lami juda katta, ishsizlikni bartaraf qilish bo‘yicha dasturlarimiz shaxsan bosh vazirimiz nazoratida turibdi. Qurilishlarimizga viloyatlardan kelgan yurtdoshlarimizni ham rasmiy ish bilan ta’minlaymiz.
Sizga qiziq tendensiya to‘g‘risida aytmoqchiman: viloyatlarda aholiga 10-20 sotixdan yer berish to‘g‘risida qaror qabul qilganingizdan keyin Toshkent shahrida ishlab turgan juda ko‘p ishchilar “Men prezident bergan yerdan olib ishlashim kerak” deb uylariga qaytib ketdilar”, dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Bunga javoban davlat rahbari shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, sifatga e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.
“1 oktabrgacha bitkazishimiz kerak ekan, deb shoshilmanglar. Men unday talabni qo‘yganim yo‘q. Mayli, 1 noyabr yoki dekabr bo‘lsin. Muhimi ishlarni sifatli bajaringlar. Asfalt bir yilga bormay ko‘chib ketmasin, tomdan suv o‘tmasin. Prezident ajratib berayotgan bo‘lsa ham xalqning puli bu. Muhimi, bajarilgan ishlarimizdan mahallalarimizdagi odamlar rozi bo‘lishsin.
Men mahalla raislarining maoshlari masalasiga hali qaytaman. Hali mahalla yig‘ini obro‘sini yanada ko‘taramiz, kelajakda oliygohlarga mahalladan tavsiya bo‘yicha qabul qilamiz”, dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi