18:50 / 26.06.2021
2 750

Samarqandda viloyat hokimligi binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol hodisasiga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimligi binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol haqida ma’lumot tarqalgan. Hodisa viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi Samarqand viloyati hokimligi binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Shundan so‘ng, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilgan.

Qayd etilishicha, fuqaro M.Ibragimovaning murojaati Samarqand tuman prokuraturasi binosida viloyat prokurorining o‘rinbosari Sirojiddin Fayziyev boshchiligida tuman sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida muhokama qilingan.

Muhokamada aniqlanishicha,  M.Ibragimovaning noqonuniy qurilgan, bugungi kunda qurilishi bitmagan uyi buzilishga tushgan. Ayol viloyat hokimligi binosi oldida o‘zini yoqib yuborishini aytib, shu holat bo‘yicha o‘z noroziligini bildirgan.

Muhokamada barcha tomonlarning fikr-mulohazalari eshitilgan va M.Ibrohimovaning qonunga zid ravishda qurilgan uyini buzish hamda unga subsidiya asosida uy-joy berish to‘g‘risida xulosa qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda viloyat hokimligi binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol hodisasiga izoh berildi