12:59 / 27.06.2021
1 789

Surxondaryoda fuqaroning Haj xarajatlari uchun boqayotgan 19 ta qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi


Kadr: Telegram
Surxondaryoda 65 bosh chorva mollarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sherobod tumanidagi uchta xonadondan jami 33 bosh, Qiziriq tumanidagi ikkita xonadondan 17 bosh, Muzrabot tumanidagi ikkita xonadondan esa 15 bosh qo‘y va ikkita echki noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

«19 ta mayda qoramolim bor edi. Qoramollarimni dadamni Hajga jo‘nataman deb boqib yurgandim… Tonggi soat 04:00 larda tashqariga chiqib qarasam, mollarim yo‘q», — deydi jabrlanuvchilardan biri.

Aniqlanishicha, mollari yo‘qolib qolgan fuqarolar soni yetti nafarni, ushbu o‘g‘irliklarni sodir etgan fuqarolar esa uch nafarni tashkil etgan. Qo‘lga olingan gumonlanuvchilarning ikki nafari bundan oldin ham sudlangan.

Hozirda holat bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda, mazkur shaxslarning boshqa jinoyat ishlariga aloqadorligi tekshirilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda fuqaroning Haj xarajatlari uchun boqayotgan 19 ta qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi