13:34 / 27.06.2021
3 111

To‘ti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlar rad etildi


«Shuni ma’lum qilamizki, ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi. Shu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Aktrisaning yaqinlari ham Kun.uz bilan bog‘lanib, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlarni dastavval taniqli suxandon Tolibjon Isroilov o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirgandi.

«O‘zbekiston xalq artisti, milliy teatrimiz darg‘alaridan biri, beqiyos mahoratli aktrisa, nihoyatda nurli o‘zbek ayoli, onasi To‘tixonim Yusupova olamdan o‘tibdi. Asllar ketyapti... Alloh jannatidan joy bersin! Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!» deya yozagandi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘ti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlar rad etildi