14:58 / 27.06.2021
2 064

Toshkent viloyati IIBB tomonidan 5 oyda 200 ga yaqin qidiruvdagi shaxslar ushlandi


Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim sohaviy xizmat xodimlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida jinoyat sodir etgani va boshqa holatlar yuzasidan qidiruvda bo‘lgan 197 nafar shaxs qo‘lga olinib, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi ta’minlangan. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, navbatdagi qidiruvda bo‘lgan shaxs viloyat IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Andijon viloyatida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyatida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan S.T. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib tergovdan yashirinib yurganligi sababli Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Andijon viloyati «Qo‘shtepa» MFYda yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan S.T. Toshkent viloyati IIBB XTTB tezkor xodimlari tomonidan Andijon viloyati hududida ushlanib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Zangiota tumani IIBga olib kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati IIBB tomonidan 5 oyda 200 ga yaqin qidiruvdagi shaxslar ushlandi