11:00 / 28.06.2021
1 993

Jizzaxdagi «zapravka»da ikki avtomobil yonib ketdi


Bugun, 28 iyun kuni soat 05:40da Jizzax viloyati Jizzax shahar «Sangzor» MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, shoxobchadagi «Matiz» hamda «Nexia» rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bartaraf etildi. Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxdagi «zapravka»da ikki avtomobil yonib ketdi