23:58 / 29.06.2021
2 728

O‘zbekistonda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan qaysi hollarda berilishi belgilandi


Foto: «Interfaks»
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:
  • prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek, yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta’minlash maqsadida – tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;
  • tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida – tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktabrida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Bank siri to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi e’lon qilingandi. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan «Bank siri to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish taklif etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan qaysi hollarda berilishi belgilandi