11:11 / 30.06.2021
2 618

Samarqandda krediti bor shaxs o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Bir odam davlat unga kredit bermayotganligi uchun o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi» sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. Video bo‘yicha Samarqand viloyati Oqdaryo tuman hokimligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat 2021 yilning 28 iyun kuni Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, Oqdaryo tumani «To‘ron» MFY Arpa qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.F. 2020 yil aprel oyida hunarmandchilikka yog‘och mahsulotlari sotib olish uchun «Mikrokreditbank»ning Loyish filialidan 30 million so‘m kredit olgan.

Fuqaroning oylik kredit qarzini to‘lash summasi 2 million 895 ming so‘m bo‘lib, 2021 yil may—iyun oylari uchun to‘lovni amalga oshirmagan.

Sud qaroriga asosan, majburiy ijro bo‘limi xodimlari qarzni undirish maqsadida fuqaroning uyiga borgan. Bundan norozi bo‘lgan E.F. tumandagi «Mikrokreditbank» ATB Oqdaryo filiali oldidagi binoning yuqori qavatiga chiqib, o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.

Jamoat tartibini saqlash maqsadida hodisa joyiga IIB xodimlari yetib borib, fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borganidan so‘ng E.F. fikridan qaytgan.

Shuningdek, fuqaro uning turmush o‘rtog‘i M.N.ning ham «Mikrokreditbank»dan to‘lanmagan 2 oylik, jami 2 million 50 ming so‘m qarzdorligi mavjudligi aniqlangan. Fuqaro F.E.ga nisbatan bank tomonidan qonun buzilish holatlari sodir etilmagan.
«Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoqlarda “davlat kredit bermaganligi uchun fuqaro o‘zini binodan tashlamoqchi bo‘ldi”, deb noto‘g‘ri talqin qilinganligini ma’lum qilamiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda krediti bor shaxs o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi