21:30 / 30.06.2021
1 793

Prezident Yoshlar forumida muhim vazifa haqida to‘xtaldi


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek singari ulug‘ allomalar, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi shoir va mutafakkirlar, Abdulla Avloniy, Fitrat, Abdulla Qodiriydek ma’rifatparvar adib va olimlar o‘zlarining mashhur ilmiy kashfiyotlarini, o‘lmas badiiy asarlarini aynan sizlarning yoshingizda yaratganlarini hammamiz yaxshi bilamiz va bu bilan faxrlanamiz.

Bizning tomirlarimizda ana shunday ulug‘ bobolarimizning qoni oqar ekan, ularning munosib vorislari bo‘lish, ular kabi yuksak maqsadlar sari intilib yashash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Endigi muhim vazifamiz – mana shunday farzandlarimiz orasidan yangi avlod Beruniylarini, Ibn Sino va Ulug‘beklarini, Xorazmiy va Farg‘oniylarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat.

Bu yo‘nalishda «Beruniy izdoshlari», «Mirzo Ulug‘bek vorislari», «Alisher Navoiy davomchilari» kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib, g‘oliblarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Yoshlar forumida muhim vazifa haqida to‘xtaldi