08:48 / 01.07.2021
2 150

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi


Yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021 yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.

Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratamiz.
Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22–28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar. Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap.

Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021 yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi.

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi