1 857
O‘zbekistonda maktab bitiruvchisiga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy bo‘ladi
O‘zbekistonda maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.
«Xabaringiz bor, keyingi paytlarda kelajagimiz egalari bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – ‘yoshlar daftari’ va ‘yoshlar dasturlari’ hayotga tatbiq etilmoqda. Olib borilgan amaliy ishlar natijasida o‘tgan 8 oy mobaynida «yoshlar daftari»ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Jumladan, «temir daftar»dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi.
Bundan buyon har qanday investitsiya loyihasining bosh maqsadi avvalo yoshlar bandligi masalasini hal etishga qaratilishi kerak. Bu hamma joyda o‘zgarmas qoidaga aylanishi zarur.
Maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan buyon maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida bo‘ladi. Bu tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan birga yo‘lga qo‘yiladi», – deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?