15:50 / 01.07.2021
2 078

O‘zbekistonda «temir daftar»dagi oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun 500 ming so‘mdan beriladi


Foto: Prezident matbuot xizmati
«Temir daftar»da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun budjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

«Yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.
‘Daftarlar’ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, «temir daftar»da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «temir daftar»dagi oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun 500 ming so‘mdan beriladi