09:29 / 03.07.2021
6 138

Toshkentda o‘zgalar nomiga 900 mln so‘mga yaqin onlayn kredit olgan shaxs aniqlandi


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent shahrida mobil dastur orqali fuqarolar nomidan onlayn kredit olish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda S.S. ismli fuqaro «R.L» va «O.N» MCHJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirgan hamda 34 nafar fuqaroni go‘yoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirgani aniqlangan.

Shuningdek, u ushbu fuqarolarning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali «Joyda» mobil dasturi yordamida 897 million so‘m onlayn kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

U olingan kreditning 769,7 million so‘mini qaytarmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘zgalar nomiga 900 mln so‘mga yaqin onlayn kredit olgan shaxs aniqlandi