Tadbirda ishtirok etayotgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalarning narxi haqida ma’lumot berdi.
Bahodir Yusupaliyev bugungi kunda foydalanilayotgan vaksinalar narxi hamda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi.
“Hozir Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolanayotgan o‘rta og‘ir ahvoldagi bemorni davolash uchun davlat budjetidan 35 mln mablag‘ ishlatiladi. Reanimatsiyada davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemor uchun esa 60 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanadi.
Bugungi kunda foydalanilayotgan vaksinalar 10 dollardan 60 dollargacha narxlarda sotib olingani e’tiborga olinsa, iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qaralsa davlatga aholini emlash arzon va xavfsiz hisoblanadi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, emlanmaslikdan nafaqat o‘zimizga, balki davlatga, xalqqa, iqtisodiyotga ham zarar yetkaziladi”, dedi u.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina virusli kasalliklarning barchasiga qarshi antitanachalar hosil qiladi.
“2020 yilning oxirida ijtimoiy soha vakillari: o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlarini grippga qarshi vaksina bilan emlagan edik. 1 mln 200 ming vaksina olindi. Kuzatuvlarimiz shuni isbotladiki, emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar kam bo‘ldi va yuqtirganlarda ham kasallik yengil o‘tdi. Bugungi koronavirusga qarshi ishlatilayotgan vaksinalar virusga qarshi ishlaydi: uning oldini oladi va yengil o‘tishini ta’minlaydi”, dedi u.
Ta’kidlanishicha, agar inson organizmida antitanachalar mavjud bo‘lsa ham vaqt o‘tishi bilan antitanachalar miqdori pasayishi mumkin, shuning uchun emlanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi