08:40 / 04.07.2021
3 677

«Men vaksina oldim» aksiyasi ham ko‘zbo‘yamachilikka aylandimi?


Foto: TROLL.UZ

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Men vaksina oldim» (#men_vaksina_oldim) aksiyasi boshlangandi.

Ushbu aksiya doirasida birin-ketin taniqli shaxslar vaksina ola boshladi. Bugun Ozodbek Nazarbekov jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.


Afsuski, ushbu jarayonga ham ko‘zbo‘yamachiliklar aralashganga o‘xshaydi.

«Buxoro davlat tibbiyot insituti rektori Shuhrat Teshayev Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan #men_vaksina_oldim aksiyasi doirasida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning 1-bosqichi bilan emlandi», deya foto joylandi rektorning sahifasida.


Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat soxta ekani fosh etildi. TROLL.UZ holatni shunday izohladi:

«BuxDTI rektori, 2,5 mlrd so‘mga sotilgan kitob muallifi – Teshayev vaksina olganini yozibdi. Hamshirada qo‘lqop ham yo‘q. Shpritsda nina bormi? Indikatori ko‘rinmayapti-ku.

Yana negadir 2,5 ml, 0,5 ml o‘rniga. Yoki 2,5 mlrdga kitob olgan rektorlar uchun maxsus dozamikan?».


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Men vaksina oldim» aksiyasi ham ko‘zbo‘yamachilikka aylandimi?