13:38 / 05.07.2021
1 816

Andijonda tekshiruvlar uchun o‘qituvchilardan 100 dollardan yig‘gan maktab direktori ishdan olinadigan bo‘ldi


Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabida tekshiruvlar uchun 100 dollardan pul yig‘ilgani haqida audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. 4 iyul kuni boshqarma o‘rganishlar natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, maktab ma’muriyati, pedagog jamoasi va audioyozuvga aloqador shaxslar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida audioyozuvlardagi holat Bo‘ston tumani 25-umumta’lim maktabida 2019 yil may oyida umumta’lim maktabi direktori D.A. boshchiligidagi yig‘ilish jarayonidan yozib olinganligi aniqlangan.

Unda maktab rahbari tomonidan maktabda o‘tkazilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirida aniqlangan kamomadlarni yopishni to‘y bahonasida pul mablag‘larini ushlab qolish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Mazkur holat o‘sha vaqtning o‘zida aniqlanib, 2019 yil sentabr oyida bosh buxgalter va kasaba uyushmasi vakili ishtirokida mazkur mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida o‘qituvchilarga qaytarib berilgan va buni maktab pedagogik jamoasi ham tasdiqlagan (to‘lov vedemostlari mavjud).

Maktab direktoriga nisbatan esa intizomiy jazo chorasi ko‘rilgan. Biroq Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha maktab direktoriga ko‘rilgan choraga qanoatlanmay, maktab rahbarini lavozimidan olishga qaror qilgan va mazkur chora ertaga rasmiylashtiriladi.

«Mana shunday qonun buzilishi holatlari, noqonuniy pul yig‘imlari holatlariga duch kelsangiz, @Talim_inspektori_bot platformasiga yoki viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga murojaat etishlaringiz so‘raladi», — deyiladi Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda tekshiruvlar uchun o‘qituvchilardan 100 dollardan yig‘gan maktab direktori ishdan olinadigan bo‘ldi