16:30 / 05.07.2021
1 729

Tovarlarning TIF TN kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi


Tovar-moddiy boyliklarning  mamlakatimizga noqonuniy kirib kelishini oldini olish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu borada bojxona organlarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark-buloq” TIF bojxona postiga xorijdan avtomobil o‘rindiqlari uchun qoplamalar keltirilgan.

Mazkur tovarlar post xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk hujjatlarida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklatura kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Natijada, 130,5 mln. so‘mlik 290 dona qoplamalar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovarlarning TIF TN kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi