17:00 / 05.07.2021
2 069

Virusolog Dildora Sekler koronavirus shaklini aniqlash borasida ma’lumot berdi


Virusolog Dildora Sekler koronavirus shaklini qanday aniqlash va qaysi hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi Telegram’dagi “Toshkent shifokorlari” kanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning kechish shaklini shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin:
Yengil shakli:
  • tana harorati 38,5 darajadan past, yo‘tal, holsizlik, tomoqda og‘riq;
  • kasallikning o‘rta va og‘ir darajasiga xos belgilarning yo‘qligi;
  • saturatsiya — SpO2 95 foizdan yuqori.
O‘rta og‘ir shakli:
  • tana harorati 38,5 darajadan yuqori, ayniqsa, qisqa muddatli normallashuvdan keyin;
  • yo‘talning keskin ko‘payishi;
  • nafas olish chastotasi 24 marta/daqiqadan ko‘proq;
  • jismoniy mashqlarda nafas yetishmasligi;
  • saturatsiya — SpO2 93 foizdan 95 foizgacha;
  • s-reaktiv oqsil 10 mg/litrdan ortiq;
  • o‘pka shikastlanishi (yuqoridagi belgilar bilan MSKT javobi).
Og‘ir shakli:
  • nafas olish chastotasi 30/daqiqadan ko‘proq;
  • saturatsiya — SpO2 93 foizga teng yoki kam;
  • qondagi gazlar: PaO2 /FiO2 ≤ 300 millimetr simob ustuni;
  • o‘pka shikastlanishining rivojlanishi (24—48 soatdan keyin infiltrativ maydonlarning 50 foizdan ortiqqa o‘zgarishi);
  • anglash darajasining tushib ketishi, qattiq hayajon;
  • nobarqaror gemodinamika (sistologik AD 90 millimetr simob ustunidan past yoki distologik AD 60 millimetr simob ustunidan past, diurez 20 ml/soatdan kam);
  • arterial qon laktati 2 mmol/litrdan yuqori;
  • qSOFA 2 balldan yuqori.
O‘ta og‘ir shakli:
  • respirator yordamida muhtoj o‘tkir nafas yetishmovchiligi (o‘pkalarning invaziv ventilyatsiyasi);
  • septik shok;
  • poliorgan yetishmovchilik.
Dildora Seklerning so‘zlariga ko‘ra, o‘zida kasallikning o‘rta og‘ir shakli kechayotganini payqagan inson zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak. U bemordagi kasallik belgilaridan kelib chiqib, uni shifoxonaga yotqizish yoki yotqizmaslikka oid masalani hal qiladi.
Shu bilan birga, xavf guruhiga kiruvchi (60 yoshdan yuqorilar, surunkali kasalligi bor insonlar) bemorlarda o‘rta og‘ir shakl kuzatilsa, ular shifoxonaga yotqizilishi kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Virusolog Dildora Sekler koronavirus shaklini aniqlash borasida ma’lumot berdi