17:38 / 05.07.2021
1 592

Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 258 mln. so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi


Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bojxona organlari oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan bu borada tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Kontrabanda qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan qiymati 44,6 ming dollarlik kompyuter ehtiyot qismlarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 258,7 mln. so‘mlik 560 dona kompyuter quvvat manbaalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 258 mln. so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi