22:00 / 05.07.2021
1 693

Bo‘stonliqda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi (foto)


Foto: YHXBB
Joriy yilning 4 iyul kuni soat 10:00larda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida haydovchi, 1964 yilda tug‘ilgan K.B. «Kamaz-5511» rusumli yuk avtomashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqish uchun kutib turgan vaqtda orqa tomonga harakatlanib ketib «Parkent» kanaliga tushib ketgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Biroz vaqtdan so‘ng avtomashina kanaldan olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi (foto)