11:25 / 06.07.2021
3 452

O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi


O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati ko‘paygani sababli barcha turdagi ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bo‘lishidan qat’iy nazar, mamlakatda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi. Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 1 mayidan konsert tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 28 iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Toshkent shahriga 28 iyundan transport vositalari kirishiga hamda ko‘ngilochar va ovqatlanish ob’ektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi