22:52 / 06.07.2021
1 790

Farg‘onada 405 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi
Farg‘ona viloyatida Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 405 million so‘mlik televizorlarni mamlakat hududiga noqonuniy olib kirish rejasi fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Buvayda tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida Chust—Buvayda yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt va Porter avtomashinalari kuzatuvga olingan. Avtomashinalar Buvayda tumanidagi xonadonlardan biriga kirib, haydovchilar voqea joyidan yashiringan.

Shundan so‘ng avtomashinalar xonadon egasi E.D. va xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 209 million so‘mlik 125 dona televizor borligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu xonadon ham uy egasi E.D. va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida umumiy qiymati 196 million so‘mlik 126 dona televizor saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 405 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi