17:00 / 07.07.2021
1 541

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 4,3 mln dozadan oshdi


O‘zbekistonda 6 iyul kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 136 288 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 93 358 dozasi birinchi bosqichda, 20 916 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 22 014 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Foto: SSV matbuot xizmati
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 4 361 222 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 348 382 dozasi ikkinchi va 422 220 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 2 590 620 kishini tashkil etmoqda.
6 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni
  • Namangan viloyati (21 329 doza),
  • Farg‘ona viloyati (20 821 doza),
  • Andijon viloyati (20 633 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar
  • Namangan viloyatida 535 872 doza,
  • Farg‘ona viloyatida 515 597 doza,
  • Andijon viloyatida 497 478 dozani tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 4,3 mln dozadan oshdi