21:18 / 07.07.2021
3 501

Komil Allamjonov prezident bo‘lishga maqsad qilganmi?


Foto: Videolavhadan skrinshot
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berdi. Suhbat davomida jurnalist: «Komil Allamjonovni prezident bo‘lishga maqsad qilish yoki orzu qilishda ayblay olamizmi?» deya savol berdi.

«Yo‘q, menda siyosiy ambitsiyalar yo‘q... Har bitta kitob yozayotgan odam, har bitta yangi-yangi loyihalarni qilagan odam, albatta prezident bo‘lishni orzu qilib amalga oshirmaydi bu ishlarni. Hammaning o‘z maqsadlari bor. Mening hozirgi bosh maqsadim, yoshlarni ilmga jalb qilish. Bugun jamiyatimiz rivojlanishi, oyoqqa turishi uchun ikkita narsa kerak: yoshlarimiz yo bilimli bo‘lishi kerak, yo hunarli bo‘lishi kerak.

Har bitta kitob yozgan odam, har bitta «Zakovat»ga o‘xshagan yirik loyihalarni qilayotgan odam siyosiy ambitsiyalar bilan yashayveradigan bo‘lsa, bilasizmi... hammaning dunyoqarashi, maqsadi har xil. Menda bunday ambitsiyalar yo‘q», — deya javob qaytardi Allamjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov prezident bo‘lishga maqsad qilganmi?