11:13 / 08.07.2021
2 307

Buxoroda voyaga yetmagan ikki qiz o‘zganing xonadonidan konditsioner o‘g‘irladi


Buxoro viloyati Buxoro tumanida 15 va 13 yoshli qizlar o‘zganing xonadonidan konditsioner o‘g‘irlab ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021 yil 28 iyun kuni soat 08:00 dan 1 iyul kuni soat 19:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro tumani «Bog‘idasht» mahallasi Udurg‘i ko‘chasida joylashgan 1989 yilda tug‘ilgan T.N.ga tegishli bo‘lgan hovliga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Hovli ichidan bir dona bahosi 2 000 000 so‘mlik LG rusumli konditsioner hamda bir dona bahosi 1 500 000 so‘mlik Samsung rusumli konditsioner dvigatelini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 3 500 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, sodir etilgan o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Temir yo‘lchilar ko‘chasida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan T.M. va shu manzilda yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan Q.Z. ismli voyaga yetmagan qizlar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan va gumon qilinuvchilardan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda ushbu ikki nafar voyaga yetmagan qizning hududlarda sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorliklarini aniqlash yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda voyaga yetmagan ikki qiz o‘zganing xonadonidan konditsioner o‘g‘irladi