17:42 / 08.07.2021
2 104

So‘xda xodimning 2 yil avvalgi 4 mln. so‘m ish haqi undirib berildi


So‘x tumani Rovon qishlog‘ida yashovchi M.Axmadaliyev 2019 yil iyul oyida “Toza hudud” DUK So‘x tuman bo‘limida ishchi vazifasiga ishga kirib, oktabr oyiga qadar 4 oy davomida mehnat qilgan bo‘lishiga qaramasdan unga ish haqlari to‘lab berilmagan.

Bir necha marotaba “Toza hudud” DUK rahbariyatiga murojaatlari javobsiz qoldi. So‘x tuman Adliya bo‘limiga qilgan murojaatidan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudida 11.06.2021 yilda ish ko‘rib chiqilib, 2019 yil iyul-oktabr oylari uchun jami 4 089 568 so‘m undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limiga 23.06.2021 yilda sud qarori ijro uchun kelib tushgandan so‘ng darhol ish haqini to‘lab berish haqida qarzdor “Toza hudud” DUK rahbari nomiga talabnoma yuborilgan.

Biroq, qarzdor ixtiyoriy ravishda ish haqini to‘lab bermaganligi sababli majburiy ijro harakatlari o‘tkazish orqali 4 mln. 89 ming so‘m ish haqi undirib berilishi bilan birga ijro hujjati o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli 204 478 so‘m ijro yig‘imi undirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » So‘xda xodimning 2 yil avvalgi 4 mln. so‘m ish haqi undirib berildi