19:44 / 08.07.2021
7 708

9 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti


Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 9 iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ko‘p viloyatlarda changli bo‘ron va kuchli shamol bo‘lishi kutilyapti.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 40-42° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, ba’zi joylarda 42° gacha bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 39-44° bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 41-46° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 9 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti