10:55 / 09.07.2021
2 710

Qo‘yliq bozorida IIB xodimlari sotuvchi ayolga kuch ishlatgani aks etgan video bo‘yicha IIV izoh berdi


Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Qo‘yliq bozorida IIB xodimlari va sotuvchi ayol o‘rtasida sodir bo‘lgan tortishuv videosi tarqaldi. Holat bo‘yicha shahar IIBB matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 7 iyul kuni, taxminan, soat 22:00 larda Toshkentning Bektemir tumani Qo‘yliq bozori hududida Toshkent shahar IIBB va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan qonunda belgilangan sanitar-epidemiologik talablarga rioya etmagan va o‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchilari aniqlangan.

Ularning orasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganligini bila turib, jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgan 43 yoshli A.X. ham bor edi. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ushbu fuqaroning yonida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i — 39 yoshli B.X. ham karantin talablarini buzgan, biroq ichki ishlar organlari xodimlari ushbu ayolga ogohlantirish bergan bo‘lgan. Shunga qaramasdan, ayol turmush o‘rtog‘iga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida bayonnoma rasmiylashtirish jarayoniga aralashib, baqirib, shovqin ko‘tarishni boshlagan, xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, atrofdagilarni o‘ziga jalb etishga harakat qilgan.

Ushbu shovqin-suronni to‘xtatish va B.X.ni tinchlantirish hamda profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida u xizmat avtobusiga taklif etilgan. Biroq bu ayolning yanada ko‘proq shovqin ko‘tarishiga va noo‘rin harakatlar qilishiga sabab bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari vaziyatni yanada murakkablashtirmaslik hamda sotuvchi ayol tomonidan jahl ustida moddiy yoki boshqa zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida uni avtobusga majburiy tarzda kuzatib qo‘yishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘yliq bozorida IIB xodimlari sotuvchi ayolga kuch ishlatgani aks etgan video bo‘yicha IIV izoh berdi