15:30 / 09.07.2021
1 796

Qarzdor otadan 20 mln. so‘m aliment pullari undirildi


Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu o‘z esa samarasini bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2018 yil 19 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan B.J.dan undiruvchi 
S.G. foydasiga bir nafar farzandlari uchun aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, voyaga yetmagan farzandni ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirilgan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota 2 yil 5 oy davomida to‘lanmasdan kelingan 20.000.000 so‘m qarzdorlik undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor otadan 20 mln. so‘m aliment pullari undirildi